Samarqand 2750 yoshda - >>>>>>>>Samarqand Rimning tengdoshi

@samdu.uz

Login:
Parol :


Bibixonim maqbarasi


Registon

Registon ansambli – Samarqandning Registon maydonida uch madrasa ( Ulug’bek madrasasi , Tillakori madrasa, Sherdor madrasa) dan iborat me’moriy majmua. >>>>

 


SHOHIZINDA MAQBARASI

Shohi Zinda

            Qusam ibn Abbos Shohizinda (Tirik shoh) Muhammad payg’ambarimizning amakivachchasi (amakisi Abbosning o’g’li) bo’lib, 676 yilda Samarqandga Islom dinini joriy etish uchun keladi va jangda halok bo’ladi. Uning jasadi hozirgi Afrosiyob tepaligining Janubiy-Sharqiy qismiga dafn etiladi. Qusam ibn Abbos haqida “Qandiya” kitobida shunday satrlar keltirilgan: “Hyech bir mozor Shohizinda mozoridek ulug’ emasdir. Payg’ambarimizning muborak yuzlarini ko’rgan oxirgi kishi ham Qusam ibn Abbosdir”. Shuningdek, Payg’ambarimizning “Qusam ibn Abbos o’zining yuz tuzilishi, husni va fazilatlari, odatlari bilan menga ko’proq o’xshaydi” - degan hadislari ham bor.
Qusam ibn Abbos maqbarasi go’rxona, ziyoratxona, masjid va chillaxonadan iborat.
Shohizindadagi barcha qurilishlarni buyuk sohibqiron Amir Temur va Mirzo Ulug’bek amalga oshirgan. Ular o’z avlodlari va yaqin kishilarini Shohizinda maqbarasi yoniga dafn etganlar. Amir Temur O’lja oyim, Tug’li Tekin, Shirinbeka oqo (Amir Temurning singlisi), Turkan oqo(Amir Temurning opasi), Tuman oqo (Amir Temurning xotini) uchun maqbaralar, Ulug’bek esa o’g’li Abdulaziz nomidan ajoyib darvozaxona qurdiradi. Shohizinda jamjamasi-ansambli tarkibida 20 dan ortiq me’moriy inshoot mavjud.