«Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivali

@samdu.uz

Login:
Parol :


Bibixonim maqbarasi


Registon

Registon ansambli – Samarqandning Registon maydonida uch madrasa ( Ulug’bek madrasasi , Tillakori madrasa, Sherdor madrasa) dan iborat me’moriy majmua. >>>>

«Sharq Taronalari» VII Xalqaro musiqa festivali

 

Samarqand - dunyo tanigan shahar. Uning bag’rida ne-ne olim-u donishmandlar, shoir-u shuarolar, musiqashunos-rassom va davlat arboblari yetishib chiqqan, ijod qilgan. Asrlar osha sayqal topgan shaharda badiiy an’analar, musiqa san’ati saqlanib, rivojlanib kelgan.
Samarqand tarixi taxminan 2750 yilga teng bo’lib, Temuriylar davriga tegishli me’morchilik obidalari Qadimgi Misr, Xitoy, Hindiston, Gresiya va Rim me’moriy obidalari kabi ahamiyatga egadir. 2001 yilda «Samarqand - jahon madaniyatlari chorrahasida» (25-sessiya, Finlyandiya) Umumjahon Madaniy Meros ro’yxatiga kiritildi.
Xususan, shaharning o’ziga hos musiqa san’atini maqomlar, marosim ko’shiqlari, asbobli kuylar, dostonlar, qarsak va ashula bezab turgan. Ularni halq orasidan yetishib chiqqan musiqachilar, qo’shiqchilar, hofizlar va bahshi-shoirlar ijro etishgan. Abduqodir Marig’iy, Abdurahmon Jomiy kabi bastakor, olim nazariyachilar, shuningdek, qo’shiqchi-bastakor Ho’ja Abdurasul Abdurazoqov, halq bahshilari Ergash Jumanbulbul o’g’li, Fozil Yo’ldosh o’g’li, Po’lkan shoir, Islom shoirlar bu borada Samarqand obrusiga obru qo’shdi. 1997 yildan buyon Samarqand shahrida "Sharq taronalari" halqaro musiqa festivali o’tkazilishi barobarida yana jahon hamjamiyati diqqat e’tiborini o’ziga tortdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan Samarqand shahri yuragida Olamshumul musiqa bayramini o’tkazish, halqaro hamkorlik masalalarida zarur madaniy voqyelikka aylandi. Festival doirasida turli halqlar ijodkorlari, musiqa sohasi ijodkorlari, shuningdek olimlar o’rtasida ijodiy aloqalar o’rnatish imkonini bergani diqqatga sazovordir. Qolaversa, bu tadbir turli qit’alarda bir vaqtda bo’lib o’tayotgan musiqay jarayonlarni muvofiqlashtirish imkonini ham berdi. Jahonning ellikdan ziyod mamlakatlari, jumladan, Amerika, Yevropa, Osiyo va Afrika davlarlari musiqashunoslari va qo’shiqchilarining ishtiroki festivalning ahamiyatini yanada oshirishiga shubha yo’q. "Sharq taronalari" musiqa festivalining O’zbekistonda, aynan Samarqandda o’tkazilishiga asos bor, - deydi Respublika Prezidenti Islom Karimov, - chunki Samarqand jahon sivilizasiyasi beshiklaridan biri hisoblanadi. Turli davrlarda Amir Temur, Imom Buhoriy, Mirzo Ulug’bek, Ho’ja Ahror Vali, Qozizoda Rumiy, Sharofiddin Ali Yazdiy, Davlatshoh Samarqandiy, Klaviho, Nizomiy Ganjaviy, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Abdurazzoq Samarqandiy va boshqa o’nlab, yuzlab ulug’ insonlar bu yerda yashaganlar, bo’lganlar, davlatni boshqarganlar va ijod qilganlar. Samarqand asrlar osha turli halq va madaniyat vakillarini tutashtiruvchi qo’rg’on vazifasini o’tagan.