“SHARQ TARONALARI”
xalqaro festivalini o`tkazish tartibi to`g`risidagi
NIZOM
“Sharq taronalari” Xalqaro musiqiy festivali milliy musiqa san`ati
yutuqlarini keng ommalashtirish, xalq an`analarini rivojlantirish
va saqlab qolish, yosh avlodda go`zallikka intilish hissini tarbiyalash,
tinchlik, do`stlik g`oyalarini targ`ib qilish, xalqaro san`at aloqalarini
kengaytirish hamda o`zaro madaniy-ma`naviy munosabatlarni mustahkamlash
maqsadida ta`sis etilgan.
Festival 1997 yildan boshlab, O`zbekistonning Samarqand shahrida
ikki yilda bir marta 25-30 avgust kunlari o`tkaziladi.
1. Festival tizimi
"Sharq taronalari" xalqaro festivalining asosiy ta'sischilari
O`zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi, "O`zbeknavo"
estrada-birlashmasi, O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O`zbekiston
bastakorlar uyushmasi va Samarqand viloyati hokimyati hisoblanadi.
2. Festival tadbirlari
Festival doirasida quyidagi tadbirlar o`tkaziladi:
- “Eng yahshi milliy qo`shiq ijrosi” ko`rik tanlovi;
- Ilmiy – ijodiy anjuman;
- Gala – konsert.
3. Festival shartlari
Festival tadbirlarida har bir davlatdan 6 kishidan iborat bo`lgan
ijodiy delegatsiya qatnashishi mumkin. Delegatsiyaning shaharda
yashash sarf-harajatlarini festival Direktsiyasi hisobidan qoplanadi.
Mehmonxonada ikki joyli xonalar taqdim etiladi (Ishtirokchining
xohishiga ko`ra qo`shimcha to`lovga bir joyli xonalar taqdim etilishi
mumkin).
Festivalda o`z hisobidan ishtirok etish istagida bo`lgan ijodkorlar
9 kishidan oshmasligi kerak.
Festival qatnashchilari o`zlarining musiqiy dasturlarini o`rnatilgan
muddatlargacha tashkiliy qo`mitaga taqdim qilishalri shart.
Musiqiy chiqish dasturi davomiyligi 30 minutdan oshmasligi lozim
va o`z ichiga quyidagi yo`nalishlarni olishi mumkun:
1. Xalq musiqiy ijodiyoti;
2. Milliy mumtoz musiqa;
3. Zamonaviy musiqa, shu jumladan estrada asarlari.
Festival qatnashchilari o`lchami 2m x 1m bo`lgan Davlat bayrog`ini
olib kelishlari shart.
4. “Eng yahshi milliy qo`shiq ijrosi” ko`rik
tanlovi shartlari
Ko`rik tanlovda professional va havaskor ijodiy jamoalar hamda
yakka xonandalar ishtirok etishlari mumkin.
Ko`rik tanlov 3 bosqichdan iborat.
Birinchi saralash bosqich dastlabki hisoblanib, unda tanlovda ishtirok
etishni xohlovchilarining audio-videokaseta yoki lazer diskka yozilgan
3 ta qo`shig`i tinglanadi. Qo`shiqlarning umumiy davomiyligi 15
minutdan oshmasligi kerak.
O'rnatilgan muddatda tanlov tashkiliy qo'mita manziliga ishtirokchilar
tomonidan audio-videokaseta, DVD/CD disklari hamda fotosuratlar
yuborilishi lozim.
Ikkinchi va uchinchi bosqichlarda qo`shiqlar bevosita ishtirokchi
tomonidan ijro etilishi kerak. Musiqiy kuzatish fonogramma yordamida
amalga oshirilishi mumkin.
Tanlovda ishtirok etish uchun murojaatnomalar
belgilangan namunada 2009 yil 30 iyunigacha quyidagi manzil bo`yicha
taqdim etiladi:
100129, O`zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Navoiy ko`chasi,
30 uy
“Sharq taronalari” Xalqaro musiqiy festivali Direktsiyasi
E-mail: sharq-taronalari@skm.uz
Tel: (998 71) 244 56 52, 244 13 54
Fax: (998 71) 244 13 54
web-site: sharq-taronalari.skm.uz
5. Xalqaro jyuri
Tanlovni baholash uchun xalqaro jyuri tuziladi. Baholashning asosiy
mezonlari bo`lib ijrochilarning milliyligi yorqin aks etishi, yuqori
ijro va sahna mahorati, sharqona liboslari hisoblanadi.
6. Mukofotlar
Ko`rik tanlovi g`oliblariga quyidagi mukofotlar ta`sis etilgan:
Gran - Pri - 10000 ming AQSH dollari.
1 - mukofot (2) har bittasi 7000 AQSH dollaridan.
2 - mukofot (2) har bittasi 5000 AQSH dollaridan.
3 - mukofot (2) har bittasi 3000 AQSH dollaridan.
Maxsus mukofotlar tashkilotchilar, ijodiy uyushmalar, jamg`armalar
va boshqa tashkilotlar tomonidan belgilanishi mumkin.
Tanlov go`liblari ijro etgan qo`shiqlar yozilgan lazer disklar tayyorlanadi.
Shuningdek tanlovning har bir ishtirokchisi uchun maxsus diplomlar
beriladi.
7. Tashkilotchilar huquqlari
Xalqaro festival quyidagi huquqlarga ega:
1. Uzatish hamda boshqa tashkilotlar tomonidan translyatsiya qilish
uchun ruxsatnoma berish nufuzli huquqi;
2. Barcha turdagi audio-video mahsulotlarini (CD, DVD, kassetalar,
filmlar, videokassetalar) ishlab chiqarish va tarqatish nufuzli
huquqi;
3. Festival Direktsiyasi manziliga tanlov ishtirokchilari tomonidan
taqdim etilgan ba`zi yordamchi materiallarni reklama maqsadida ishlatish
huquqi;
4. Festival qatnashchilari Tanlov bilan litsenziya shartlari, mualliflik
huquqi, O`zbekiston Qonunlarini, an`analarini hurmat qilish, tanlov
to`g`risidagi Nizom qoidalariga rioya qilish haqidagi Bitim tuzishadi
hamda meditsina sug`urtasini taqdim qilishadi.
8. Anjuman
Festival doirasida ilmiy-nazariy anjuman o`tkaziladi. Bundan tashqari,
musiqa industriyasi sohasida xalqaro hamkorlik masalalari bo`yicha
menedjer va prodyusserlar ishtirokida “davra suhbati” o`tkazilishi
rejalashtirilmoqda.
Anjumanda so`zga chiquvchilar ma`ruzalar matnlari va kengaytirilgan
tezislarini tashkiliy qo`mitaga oldindan yuboradilar.
Anjumanning ishchi tillari - o`zbek, ingliz, arab, va rus.
[yuqoriga]
|