![]() ![]() |
|
@samdu.uz Bibixonim maqbarasi Saroymulkxonim (Bibixonim) Chig’atoy xonlariga mansub Qozonxonning qizi bo’lib, 1341 yilda tug’ilgan. 1370 yili Amir Temur nikohiga o’tgan. >>>> Registon
|
FESTIVAL G’OLIBLARI TAQDIRLANDI 25-29 avgust kunlari qadimiy shahar Samarqand jahon musiqa san’ati markaziga aylandi. Hafta davomida bu yerda dunyo xalqlarining milliy musiqa va qushiqlari yangradi. 29 avgust kuni ajib tantanovorlik kasb etgan Registon maydonida festival g’oliblari taqdirlandilar. Gran-pri turkmanistonlik Lali Begnazarova va cholg’u ansambliga berildi. Birinchi o’ringa O’zbekistonlik Matluba Dadaboyeva va cholg’u ansambli hamda ozarbayjonlik Gochak Askarov va uning badiiy jamoasi loyiq topildi. Ikkinchi mukofot isroillik xonanda Shem-Tov Levi hamda Janubiy Koreya mamlakati san’atkorlariga nasib etdi. Faxrli uchinchi ringa Italiyadan tashrif buyurgan xonanda Laura Mollika va quvaytlik san’atkorlar sazovor bo’lishdi. Taqdirlash marosimidan so’ng g’olib va sovrindorlar ishtirokida konsert dasturi uyushtirildi. Registon maydonida yana dillarga quvonch bag’ishlab, turli xalqlarning milliy ohanglari yangradi. SA’NATLARIMIZNI BOG’LOVCHI KO’PRIK Samarqand shahridagi “Prezident otel” mehmonxonasida “Sharq taronalari” VII–xalqaro musiqa festivali tashkilotchilari hay’at a’zolari, mahalliy ommaviy axborot vositalari xodimlari, xorijlik jurnalistlar ishtirokida matbuot anjumani bo’lib o’tdi. SAMARQAND GO’ZAL SHAHAR Sharq taronalari” yettinchi xalqaro musiqa festivaliga tayyorgarlik borayotgan Registon maydonida bo’lgan fransuz sayyohlaridan biri Mishel Daniyeye shunday dedi: “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali haqida eshitgandim. O’zbekistonga sayohatimiz ayni shu kunlarga to’g’ri kelganidan xursandmiz. Ushbu nufuzli festivalda ishtirok etmoqchimiz. Obodonchilik ishlarini, Registon maydonidagi kuchli tayyorgarlikni ko’rib, halqingizning e’tibori, mehmondo’stligiga yana bir bor amin bo’ldik. Ushbu zaminda, Shohi Zinda, Bibixonim, Go’ri Amir, Registon kabi obidalar bilan tanishib, tassavurlarimiz yana ham boyidi». MEHMONLAR KUTIB OLINDI 24 avgust kuni Samarqand temir yo’l vokzalida “Sharq taronalari” yettinchi xalqaro musiqa festivali ishtirokchilarining dastlabki guruhi festival tashkilotchilari va keng jamoatchilik tomonidan tantanali ravishda kutib olindi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan 1997 yildan buyon har ikki yilda bir marta o’tkazib kelinayotgan mazkur musiqa anjumani dunyo xalqlari o’rtasidagi o’zaro do’stlik va madaniy aloqalarni mustahkamlash, milliy musiqa va qo’shiqchilik san’atini asrab – avaylash, rivojlantirish, tili, madaniyati, urf-odatlari turlicha bo’lgan millat va elatlarni san’at vositasida ezgu maqsadlar yo’lida birlashtirishga xizmat qilmoqda. Bu galgi festivalda ham 49 mamlakatdan vakillar qatnashmoqda. - Biz, quvaytlik san’atkorlar mazkur nufuzli musiqa festivalida uchinchi marta ishtirok etish baxti nasib etganidan mamnunmiz, - deydi Bandar Abid. - Oldingi yillardagi chiqishlarimiz “Sharq taronalari”da munosib baholangandi. Bu gal ham xalqimizning qadimiy milliy san’at asarlaridan namunalar tayyorlab kelganmiz. O’ylaymizki, u tomoshabinlarga manzur bo’ladi. - “Sharq taronalari” haqida ko’p eshitganmiz va oldinlari bu anjumanda qatnashishni orzu qilardik, - deydi shotlandiyalik Adam Rayd. - Bu yil ushbu orzuimiz amalga oshib turganidan xursandmiz. Yurtingiz juda chiroyli, xalqingiz mehmondo’st ekan. Kutib olish marosimidayoq Samarqand nonlari, shirinliklarini tatib ko’rib, hayratda qoldik.
O’ZBEKISTON ULKAN IMKONIYATLAR MAMLAKATI Men qariyb bir yarim yildan beri O’zbekistonda Koreya Respublikasining KOISA tashkilotining vakili sifatida faoliyat olib boraman. To’g’risini O’zbekiston xaqida ko’p ma’lumotga ega bo’lsamda, bu yerga kelgandan keyin fikrlarim yanada boyidi. O’zbek xalqining hayoti, turmush tarzi, an’ana va urf-odatlari, madaniyati va tarixi to’g’risida to’laroq tasavvurga ega bo’ldim.
|
|---|