«Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivali

@samdu.uz

Login:
Parol :


Bibixonim maqbarasi


Registon

Registon ansambli – Samarqandning Registon maydonida uch madrasa ( Ulug’bek madrasasi , Tillakori madrasa, Sherdor madrasa) dan iborat me’moriy majmua. >>>>

“SHARQ MUSIQA MADANIYATINING
JAHON TAMADDUNIDAGI O’RNI”
xalqaro ilmiy konferensiya

         2009 yil 26-29 avgust kunlari “Sharq taronalari” VII - xalqaro musiqa festivali doirasida “Sharq musiqa madaniyatining jahon tamaddunidagi o’rni” mavzusida xalqaro konferensiya o’tkaziladi.
Konferensiya o’tkazish bo’yicha quyidagi tarkibda ishchi guruh tuzilgan:

  • D. Murodova –guruh rahbari, O’zDK rektori.
  • S. Begmatov –O’zDK ilmiy ishlar prorektori, rahbar o’rinbosari.
  • O. Bekov – San’atshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy ishlar bo’yicha o’rinbosari.
  • Sh. G’anixonova – O’zDK o’qituvchisi, materiallarni to’plash bo’yicha mas’ul.
  • A. Zokirov – O’zDK o’qituvchisi, dasturni tuzish bo’yicha mas’ul.

Ilmiy konferensiyada ma’ruzalar 3 ta sho’balarda bo’lib o’tadi:

  • Sharq  taronalari musiqasini tadqiq  etishda yangi uslubiy yondashuvlar.
  • Mustaqillik davri  musiqiy manbashunoslikdagi yutuqlar.
  • Sharq mumtoz musiqiy merosini targ’ib etishda xalqaro festivallarning o’rni.

 Ilmiy konferensiya davomida Musiqa san’atiga oid Yangi adabiyotlar taqdimoti o’tkaziladi.
Bugungi kunda ilmiy konferensiyada ma’ruza bilan qatnashish uchun  O’zbekistonlik  va xorijiy mamlakatlardan o’n nafar olim-mutaxassislar rozilik bildirishgan.
Bundan tashqari xorijiy mamlakatlardan besh nafar olimlar qatnashishi kutilmoqda.

Xalqaro ilmiy konferensiya bo’yicha quyidagi telefonlar orqali ma’lumotlar olish mumkin: Toshkent shahri, Uzbekiston Davlat konservatoriyasi (8371)-2394653; (8371)-2445320.
Ilmiy konferensiyani o’tkazish bo’yicha mas’ul – D.Murodova.

 

Matbuot anjumani


Azaldan madaniyat, ilm-fan o’chog’i bo’lib kelgan ko’hna Samarqand bugun katta madaniy tadbir – bir necha yillardan buyon an’anaviy tarzda o’tkazilib kelinayotgan «Sharq taronalari» xalqaro yettinchi musiqa festivaliga hozirlik ko’rayapti. Festivalni namunali o’tkazish, mehmonlarni kutib olish bo’yicha tashkiliy chora-tadbirlar belgilangan.
11 avgust kuni Samarqanddagi «Prezident otel» mehmonxonasida Respublika va viloyat ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida festival tayyorgarligiga bag’ishlangan matbuot anjumani bo’lib o’tdi. Unda Uzbekiston xalq artistlari – festival ochilish tantanalari bosh rejissyori B. Yo’ldoshev, musiqa rahbari A. Ismoilov, baletmeyster Ravshana Sharipova va boshqalar jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarishdi.
Ayni paytgacha 49 davlatdan ishtirokchilar kelishi aniq bo’ldi. Yana 10 ga yaqin davlatdan san’atkor ishtirok etishi kutilmoqda. Bu yilgi festivalda Janubiy Amerikadan, ya’ni Meksika va Kosta-Rikalik san’atkorlar ham qatnashish istagini bildirishgan. Ishtirokchilarning chiqishlarini dunyo xalqlari musiqasi san’atining 11 nafar yetuk bilimdonlari baholab borishadi. Festivalning ochilish va asosiy dasturlari Regiton maydonida bo’lib o’tadi. Shuningdek, festival doirasidagi konsertlar Samarqandning «Mo’jiza» amfiteatri, «So’g’diyona», «Yoshlik» istirohat bog’lari sahnalarida ham namoyish etiladi. Xorijlik mehmonlarning konsert chiqishlari viloyatning 7 ta tumani aholisi uchun ham namoyish etiladi. «Afrosiyob» mehmonxonasida festivalga bag’ishlangan ilmiy anjuman ham tashkil etiladi.