![]() ![]() |
|
@samdu.uz Bibixonim maqbarasi Saroymulkxonim (Bibixonim) Chig’atoy xonlariga mansub Qozonxonning qizi bo’lib, 1341 yilda tug’ilgan. 1370 yili Amir Temur nikohiga o’tgan. >>>> Registon
|
O’tmishimizning va istiqlolimizning ulug’ shahri Samarqandda yettinchi bor o’tkazilayotgan «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivalining' ochilish marosimiga oz vaqt qoldi. Nufuzli anjumanga tayyorgarlik jarayonida samarqandliklar afsonaviy shaharni yanada obod, go’zal, betakror qiyofaga ega bo’lishi uchun jiddiy tayyorgarlik ko’rdilar. Birgina qadimiy shaharning o’zida ko’plab yangi inshootlar qurilib, foydalanishga topshirildi. Yangi zamonaviy yo’llar barpo etildi, keng ko’lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Qaytadan yashargan, fusunkor shahar ayni paytda ajoyib, sermazmun, hayratomuz tantanalarga mehmonlarni chorlamokda. Xalqaro musiqa festivalida jahonning turli mamlakatidan ko’plab ijrochilar, sozandalar, jahon va mahalliy OAV xodimlari va taniqli musiqashunoslar qatnashish istagini bildirgan.
|
|---|
| |